Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallada aholi bilan muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputatlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligi
янв.21
Deputatning saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
“Buyuk ipak yo‘li” mahallasida dastur bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaatlari deputatlar e’tiborida
янв.21
Dastur asosida qurilayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan ishlar deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Sopollitepa” mahallasida ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qismiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar o‘rganildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
DEPUTATLIK NAZORATI

Shu maqsadda hududda infratuzilmani yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi, elektr energiyasi va boshqa kommunal xizmatlar sifatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar holati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi. 

Mazkur o‘rganish tadbiri Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi deputati, tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Xujanov, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Egamberdiyev Abror Ergashovich hamda kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar ishtirokida “Ovchi” mahallasida olib borildi. 

O‘rganish jarayonida mahalla raisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan:  

  • hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish,  
  • ichki yo‘llar va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini saqlash va ta’mirlash,  
  • aholi muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash,  
  • jamoatchilik nazoratini tashkil etish va fuqarolar yig‘ini faoliyatini muvofiqlashtirish kabi yo‘nalishlar atroflicha tahlil qilindi.
     

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, infratuzilma obyektlari holatini yanada yaxshilash, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan mas’ullarga aniq tavsiya va topshiriqlar berildi. Deputatlik nazorati davom ettirilib, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan qat’iy monitoring olib borilishi qayd etildi. 

  Deputat xalq manfaatlari yo‘lida xizmatda! 

  ✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati 

Slide 1 of 7