Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi murojaatlarining hal etilish jarayonlari deputatlar e’tiborida
янв.21
Aholi muammolarini hal etishda tuman Kengashi deputatlari va “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati
янв.21
Deputatlik nazorati amalda
янв.21
“Yurtim jamoli” mahallasi hokim yordamchisi tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
“Yangiyer” mahallasi “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Muzrabot tumani komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalqparvar komissiyasi maktab ta’miri bilan yaqindan tanishdi
янв.21
Deputat murojaati bilan “Nurli hayot” mahallasida ko‘prik dasturga tushib, qurilish ishlari boshlab yuborildi
янв.21
Dasturlar ijrosi deputatlar nazoratida
“Bir kunda – 1000 kitob” aksiyasi amalda

“Bir kunda – 1000 kitob” aksiyasi amalda

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Iqbolxon Ashrapova “Husnobod” mahallasida istiqomat qilayotgan yoshlarning muammolarini o‘rganish maqsadida ular bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida deputat kitob mutolaasiga qiziqadigan yoshlarni 53-sonli umumta’lim maktabi binosida joylashgan kutubxonaga taklif etdi. Maktab direktori Hidayarova Feruza Kamilovna bilan hamkorlikda kitobxon yoshlar uchun qulay imkoniyat yaratildi.

Endilikda “Husnobod” mahallasida yashovchi kitobsevar yoshlar maktab kutubxonasidan erkin foydalanishlari mumkin. Maktab kutubxonasi mahalla yoshlariga doimo xizmat ko‘rsatishga tayyor.

Mazkur tashabbus yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning kitobxonlik madaniyatini oshirish va ma’naviy dunyosini boyitishga xizmat qiladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 1