Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Z.B. Rahimberganova “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi 561-sonli qaror ijrosi yuzasidan Obod mahallasida tuman ichki ishlar boshlig‘i o‘rinbosarining axborotini eshitdi.
Qaror ijrosi doirasida xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik va tazyiqlarning oldini olish maqsadida tuman ichki ishlar xodimlari, mahalla yettiligi hamda faollar hamkorligida amalga oshirilayotgan ibratli ishlar bilan tanishtirildi.