Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik nazorati amalda
янв.21
“Yurtim jamoli” mahallasi hokim yordamchisi tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
“Yangiyer” mahallasi “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Muzrabot tumani komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalqparvar komissiyasi maktab ta’miri bilan yaqindan tanishdi
янв.21
Deputat murojaati bilan “Nurli hayot” mahallasida ko‘prik dasturga tushib, qurilish ishlari boshlab yuborildi
янв.21
Dasturlar ijrosi deputatlar nazoratida
янв.21
“Olmazor” mahallalasida “mahalla yettiligi” faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Deputatlar tumanda “Tashabbusli budjet” loyiha doirasida foydalanishga topshirilayotgan obyektlarni o‘rgandi
янв.21
Tadbirkorlar faoliyatiga ko‘maklashish deputatlar e’tiborida
Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi doimiy komissiyasi tomonidan Tashabbusli byudjet loyihalari ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi doimiy komissiyasi tomonidan Tashabbusli byudjet loyihalari ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashining “Yakkasaroy tumani “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston Respublikasi “Ochiq byudjet” axborot portali orqali tashabbusli byudjet jarayonining 2026-yil I mavsum davrida eng ko‘p ovoz to‘plagan taklif loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha manzilli ro‘yxatni tasdiqlash hamda mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida” 2026-yil 26-martdagi III-26-35-14-207-K/26-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur qarorga asosan, Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari tomonidan Tashabbusli byudjet loyihalarining amaliy ijrosi yuzasidan joylarga chiqib o‘rganish ishlari tashkil etildi.

Xususan, Yakkasaroy tumani Tashabbusli byudjet loyihasining 2026-yil I mavsumida fuqarolar tomonidan faol ovoz berish orqali qo‘llab-quvvatlangan va g‘olib deb topilgan loyihalar doirasida, Yakkasaroy tumani Tepa mahallasida joylashgan 91-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida amalga oshirilishi belgilangan ishlar holatini o‘rganish maqsadida maktab hududiga tashrif buyurildi.

O‘rganish jarayonida mazkur maktabning boshlang‘ich sinflarga mo‘ljallangan binosini rekonstruksiya qilish hamda mukammal ta’mirlash ishlari yuzasidan mavjud holat batafsil ko‘zdan kechirildi. Jumladan, binoning texnik holati, rekonstruksiya va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar, loyiha asosida bajarilishi rejalashtirilgan ishlar hajmi hamda ularning sifatli tashkil etilishi masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Mazkur o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Maxkamov Javoxir Mirvasilovich hamda komissiya a’zolari — Alimov Obid Karimdjonovich, Ziyarxodjayev Batir Nasrullayevich, shuningdek Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi bosh mutaxassisi D. Abdullajonov hamda 91-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

Ular tomonidan maktab hududida amalga oshirilishi rejalashtirilgan rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash ishlarining hozirgi holati joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi hamda loyiha doirasida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarning sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

📌Shuningdek, mazkur loyiha doirasida amalga oshiriladigan qurilish-ta’mirlash ishlarining belgilangan muddatlarda va sifatli bajarilishini ta’minlash, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ul tashkilotlar oldiga tegishli vazifalar qo‘yildi.

📍Yuqoridagi holat yuzasidan Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari tomonidan mazkur loyiha ijrosi doimiy nazoratga olindi hamda kelgusida ham uning borishi yuzasidan tizimli monitoring olib borilishi belgilandi.

Slide 1 of 1