Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik nazorati amalda
янв.21
“Yurtim jamoli” mahallasi hokim yordamchisi tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
“Yangiyer” mahallasi “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Muzrabot tumani komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalqparvar komissiyasi maktab ta’miri bilan yaqindan tanishdi
янв.21
Deputat murojaati bilan “Nurli hayot” mahallasida ko‘prik dasturga tushib, qurilish ishlari boshlab yuborildi
янв.21
Dasturlar ijrosi deputatlar nazoratida
янв.21
“Olmazor” mahallalasida “mahalla yettiligi” faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Deputatlar tumanda “Tashabbusli budjet” loyiha doirasida foydalanishga topshirilayotgan obyektlarni o‘rgandi
янв.21
Tadbirkorlar faoliyatiga ko‘maklashish deputatlar e’tiborida
Axborot maydonida mahalliy Kengashlar faoliyatini mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi

Axborot maydonida mahalliy Kengashlar faoliyatini mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi

 Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazining Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi va Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati hamkorligida “Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish” mavzusida seminar o‘tkazildi.

 Seminar davomida ishtirokchilar ijtimoiy tarmoqlarning hozirgi jamiyatdagi rolini yangicha nuqtayi nazardan baholadi. Raqamli platformalar endi oddiy axborot tarqatish vositasidan ko‘ra kengroq vazifani bajarayotgani, davlat organlari bilan aholi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot o‘rnatishning, ochiqlikni ta’minlashning va jamoatchilik ishonchini mustahkamlashning muhim mexanizmiga aylanib borayotgani alohida ta’kidlandi.

 Tadbirda mahalliy Kengashlarga berilgan keng vakolatlarga e’tibor qaratilib, ayrim holatlarda axborot-targ‘ibot ishlarining tizimli yo‘lga qo‘yilmagani fuqarolarning deputatlik faoliyatiga bo‘lgan munosabati va ishonchiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ochiq muhokama qilindi. Bu masala ishtirokchilar tomonidan jiddiy muammo sifatida baholandi.

 Seminar kun tartibida rasmiy sahifalarni muntazam va sifatli yuritish, ularning mazmunan boy hamda jamoatchilik uchun qiziqarli bo‘lishini ta’minlash masalalariga alohida o‘rin ajratildi. 

 Shuningdek, deputatlik so‘rovlari, sessiyalar va doimiy komissiyalar yig‘ilishlarini tezkor hamda xolis yoritishning aniq usullari ko‘rib chiqildi. Ishtirokchilarga mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy tavsiyalar va uslubiy ko‘rsatmalar taqdim etildi.

Slide 1 of 3