Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xotira — qalbda, ehtirom — amalda!
янв.21
Dastur asosida “Nurli hayot” mahallasida ko‘prik qurilish ishlari davom etmoqda
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Muzrabot tumani komissiyasi tomonidan tumandagi tashkilotlarda reja asosida o‘rganish ishlari o‘tkazilmoqda
янв.21
“Yo‘lchi” mahallasi “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA BIRINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Deputat nazorati: Joylarda amalga oshirilayotgan qurilish ta’mirlash ishlari o‘rganilmoqda
янв.21
Mahallada saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
#OAV_biz_haqimizda
янв.21
Deputat faoliyati
#deputat nazorati #hududda o'rganish

Olmaliq shahar "Toshkent" mahallasida navbatdagi deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi. Unda Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyat mudiri Sevara Qodirova hamda deputat Muhiddin Abdullayev ishtirok etishdi.

O‘rganish davomida mahalladagi hayotiy muhim masalalar atroflicha ko‘zdan kechirildi:

🏗 Obodonlashtirish va yo‘llar: Hududdagi umumiy obodonlashtirish ishlari va ichki yo‘llarning joriy holati tahlil qilindi;

🏢 BSKlar faoliyati: Boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan ko‘p qavatli uylarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi;

🌱 "Yashil makon": Loyiha doirasida ekilgan daraxtlarning parvarishi, ularni sug‘orish tizimi va irrigatsiya tarmoqlarining sozligi tekshirildi.

O‘rganish yakunida mahalla raisi bilan birgalikda aniqlangan kamchiliklar muhokama qilinib, ularni qisqa muddatda bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 5