Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat saylovchilari bilan suxbat o‘tkazdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGAShI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi doimiy komissiyasi majlisi o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
Har bir murojaat deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi: murojaat qilingan masala ijrosini ta’minlash nazoratga olindi
янв.21
Deputatlar tomonidan tumanda qonunlar ijrosi va targ‘iboti bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda
MAHALLADAGI IJTIMOIY HIMOYA: QOG‘OZDAMI YOKI AMALDA?

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Matmuratova tomonidan “Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash holati, nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holatini o‘rganish” yuzasidan Hazorasp tumani “Otaliq” mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning xizmat faoliyati belgilangan tartibda o‘rganildi.

✍️ O‘rganish davomida mahallada jami 6040 nafar aholi, 1004 ta xonadon va 750 ta oila mavjudligi aniqlandi. Ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy holati muntazam o‘rganib borilayotgani kuzatildi.

Shuningdek, 👩‍🦽‍➡️nogironligi bo‘lgan fuqarolar hisobini yuritish ishlari tashkil etilgan bo‘lib:

• 1-guruh – 35 nafar

• 2-guruh – 163 nafar

• 3-guruh – 1 nafarni tashkil qiladi.

🌙 Ramazon oyi munosabati bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash borasida qator amaliy ishlar bajarilgan.

✅ Jumladan:

• Jami 268 nafar fuqaroga moddiy yordam ko‘rsatilgan;

• 39 nafar davlat ta’minotidagi oilalarga har biriga 1 000 000 so‘mdan ajratilgan;

• 85 nafar kambag‘al oilalarga har biriga 500 000 so‘mdan yordam berilgan;

• 10 nafar kambag‘allik chegarasidagi oilalar qo‘llab-quvvatlangan;

• 134 nafar oilaga bir martalik moddiy yordamlar ko‘rsatilgan.

🎁 O‘rganish jarayonida ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand aholi qatlamini aniqlash hamda ularga manzilli yordam ko‘rsatish ishlari yo‘lga qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi. Ijtimoiy xodim faoliyati umumiy holatda qoniqarli deb baholandi. ✅

Shu bilan birga deputat tomonidan mavjud ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2