Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hududlardagi Davlat dasturlari ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi: yuborilgan masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tuman komissiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Tumandagi mahallalarda aholi uchun hokim va tuman Kengashi raisi hamkorligida qabullar o‘tkazilmoqda
янв.21
Joylarda qonunlar ijrosi va targ‘iboti bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda
янв.21
Mahallada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
DOLZARB 90 KUNLIK: MAKTAB O‘QUVCHILARI UCHUN IMKONIYATLAR FASLI
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi tomonidan yoshlarga oid davlat siyosati qonuni ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Gulobod” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashining III chaqiriq 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

📌 Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashining III chaqiriq 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Kengash sessiyasida Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi deputatlari, tuman tegishli tashkilotlari rahbarlari, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati V.Alimova, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Irgashevlar ishtirok etishdi.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan muhim masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi:

⚖️ 1-masala

Yakkasaroy tumanidagi davlat organlari va tashkilotlarning norma ijodkorligi faoliyati, huquqni qo‘llash amaliyoti hamda huquqiy targ‘ibot va ma’rifatning holati yuzasidan axborot tinglandi.

Axborot beruvchi: Yakkasaroy tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i Askarov Elyorxo‘ja Ismoilovich.

💰 2-masala

Tumanning 2026-yilgi mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi.

Shuningdek:

— 2025-yil yakunlari bo‘yicha mahalliy byudjet daromadlari va xarajatlari ijrosi;

— aniqlangan qo‘shimcha zaxiralar;

— “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan “Ochiq byudjet” portali orqali 2026-yil II mavsumda eng ko‘p ovoz to‘plagan loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha manzilli ro‘yxat tasdiqlandi.

Hisobot beruvchi: Yakkasaroy tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Shamsiyev Nurbek Fazliddin o‘g‘li.

🏢 3-masala

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-son Qarori ijrosi yuzasidan hisobot eshitildi.

Mazkur qaror ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini takomillashtirishga qaratilgan.

Hisobot beruvchi: hokim o‘rinbosari Vaxabov Abdurasul Abdusattarovich.

🌳 4-masala

Yakkasaroy tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.

Hisobot beruvchi: boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Tashmatov Xayrulla Xamidullayevich.

🔹 5-masala

Tumanda “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini maqsadli yo‘naltirish masalasi ko‘rib chiqildi.

Hisobot beruvchi: “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori G‘oyibnazarov To‘lqin Berdirasulovich.

✅ Sessiya yakunida ko‘rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 1