Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHINING O‘N TO‘QQIZINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Doimiy komissiyalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha joylarda o‘rganishlar o‘tkazilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashiga faoliyati davomida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalarning bajarilishiga ko‘maklashilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi huzurida tashkil etilgan Yoshlar maslahat guruhi faoliyatining asosiy masalalari bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Oriyat” mahallasida deputat uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik nazorati amalda
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALAR FAOLIYATI
Yuqori Tallashqon mahallasida ichimlik suvi ta’minoti ishlar olib borilmoqda

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati Jovliyev Ravshan hududdagi ichimlik suvi bilan ta’minlash va aholiga toza ichimlik suvi yetkazib berish ishlarini yaqindan o‘rgandi. Ushbu jarayonni tuman kotibiyati bosh mutaxassisi Mahliyo Choriyeva bilan hamkorlikda o'rgandi. Hozirda Yuqori Tallashqon mahallasida 31 kilometr masofaga ichimlik suvi tarmog‘i o‘rnatilmoqda. Ushbu loyiha hudud aholisi uchun sifatli va doimiy ichimlik suvi ta’minlashni maqsad qilgan bo‘lib, mablag‘ Islom Taraqqiyot Banki orqali ajratilgan. Deputat ish jarayonini ko‘zdan kechirar ekan, suv quvurlari o‘rnatilishining sifati, ishning muddatlari va xavfsizlik talablariga rioya qilinayotganligi bilan tanishdi. Shu bilan birga, loyiha yakunlangach, mahalla aholisi ichimlik suvi bilan muntazam va uzluksiz ta’minlanishi, ayniqsa qish mavsumida aholining ehtiyojlari to‘liq qondirilishi ta’minlanadi. Ushbu qurilish ishlari, shuningdek, hudud infratuzilmasini rivojlantirish, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash va ekologik sog‘lom muhit yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1