Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi 10-Gulobod saylov okrugidan saylangan deputat Kamolov Abrorjon Abduxakimovich saylov okrugidagi fuqarolar tomonidan yuborilgan murojaatlarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
Mazkur o‘rganish fuqarolarning deputatga murojaatlarini tezkor va samarali ko‘rib chiqish hamda mahalla faoliyatini nazorat qilish jarayonida amalga oshirildi.
Shuningdek, xonadonlarning oylik daromadlari va tomorqa madaniyati o‘rganildi tomorqadan unumli foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.
Murojaatni joyiga chiqqan holda o‘rganish jarayonida fuqaroning ehtiyojini qondirish uchun tegishli choralarni ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.