“Deputat” vertikal tizimda - "Yoshlar" bilan uchrashuvda...
🔹Quvasoy shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida yoshlar bilan ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi.
🔹Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat (Quvasoy shahar) Kengashi deputati D.Mexmonova yoshlarning murojaatlari, taklif va muammolarini bevosita tingladi.
🔹Yoshlarni Oliy ta’limga kirish, bandligini ta’minlash masalasiga alohida urg‘u berildi.
🔹Deputat, 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan tanishib chiqdilar.
🔹Uchrashuv yakunida yoshlar bilan bunday ochiq va samimiy muloqotlar ularning muammolarini joyida hal etish hamda jamiyatdagi faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.