📚Hududdagi kutubxonalar faoliyati e’tiborda!
🔹Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputatlari U.Sodiqov, Sh.Xusanov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari D.Mirzayeva, I.Qaxorovlar birgalikda, shahar "Axborot-Kutubxona-Markazi"ga tashrif buyurdi.
🔹Deputatlarning 24 ta muhim ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lgan 18-band — “Hududdagi kutubxonalar holati” yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
🔹O‘rganishlar natijasida shahar kutubxonasida bugungi kunda 27 mingga yaqin kitob fondi mavjudligi aniqlandi.
🔹Eng quvonarlisi, har kuni kamida 50 nafar kitobxon ushbu maskanga tashrif buyurib, bilim va ma’rifatga intilayotgani kuzatildi.