Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlari Sh. Isamutdinov, I. Jalilova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi I. Ikromov tomonidan
2-son umumta’lim maktabi oldida joylashgan xiyobon holati joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida xiyobon hududining sanitariya holati, ko‘kalamzorlashtirish ishlari, piyodalar yo‘laklari, o‘rindiqlar hamda yoritish tizimi ko‘zdan kechirildi. Xiyobon umumiy holati tartibli ekani, hududda tozalash va parvarishlash ishlari yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.
Shu bilan birga, mavjud ijobiy holatlarni saqlab qolish, hududni yanada obodonlashtirish va aholi uchun yanada qulay sharoitlar yaratish yuzasidan mas’ullarga tavsiyalar berildi. Mazkur masala deputatlar tomonidan nazoratga olindi.
🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!
| Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) | Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) | Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) | Instagram (https://www.instagram.com/madadnnt_/) |Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)