Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHINING O‘N TO‘QQIZINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Doimiy komissiyalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha joylarda o‘rganishlar o‘tkazilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashiga faoliyati davomida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalarning bajarilishiga ko‘maklashilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi huzurida tashkil etilgan Yoshlar maslahat guruhi faoliyatining asosiy masalalari bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Oriyat” mahallasida deputat uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik nazorati amalda
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALAR FAOLIYATI
“Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunning tumandagi ijrosi

Zomin tuman Kengash deputati “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining tumanimizdagi
ijrosi bo‘yicha tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limida o‘rganish ishlari olib bordi.
 

Shuningdek, ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-son qarori asosida olib borilmoqda.
 

O‘rganish jarayonida diqqat markazida bo‘lgan masalalar: 

  1️ Kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar 

Eng kam daromadli oilalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar aniqlanib, ularga yordam berish mexanizmlari
o‘rganildi.
 

Mahalliy dasturlar orqali kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha resurslardan foydalanish va samaradorlik baholandi. 

Kambag‘allikka qarshi dasturlarni takomillashtirish va kengaytirish yo‘llari ishlab chiqildi. 

 2️ Bandlikni ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish 

Bo‘sh ish o‘rinlari va tadbirkorlik imkoniyatlari tahlil qilindi. 

Yoshlar, ayollar va nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun ishga joylashtirish imkoniyatlari aniqlanib, dasturlar ishlab chiqildi. 

Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish choralari belgilandi. 

 3️ Ijtimoiy himoya tizimi va fuqarolarning ehtiyojlarini ta’minlash 

Nafaqa, moddiy yordam va boshqa ijtimoiy xizmatlarning o‘z vaqtida yetkazilishi monitoring qilindi. 

Davlat xizmatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha mavjud muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. 

 4️ PQ-49 qarorining hududimizdagi ahamiyati 

Hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish. 

Barqaror ish o‘rinlarini yaratish va kambag‘allikni keskin kamaytirish. 

Tuman va hududdagi barcha ishlarni tizimli va samarali olib borish uchun asosiy yo‘nalish sifatida
belgilandi.
 

O‘rganish natijalariga ko‘ra, tumanimizda kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni oshirish bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-49-son qarori” ijrosi bo‘yicha 2026-yil 11-martda Xalq depuatlari Zomin tuman Kengashining VII-17-24-3-48-K/26-sonli qarori qabul qilingan 

   

Slide 1 of 3