Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahallada aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holatigi o‘rgandi
янв.21
Deputat tomonidan mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Deputatlar nazorati
янв.21
Tumanda “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq hashari bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
Ishbilarmon ayollar — mahalla iqtisodiyotini rivojlantirishga tayanch
янв.21
“Korrupsiyaga qarshi kurashish va hallolik”
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHINING O‘N SAKKIZINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Deputatlik nazorat-taxlil tadbirlari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
#24_ta_masala 👥 Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Elyor Abdusalomov tomonidan Zartepa mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati hamda mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini hal etish borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlar faoli Rafiqova Latofat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ayollarning jamiyatdagi faolligini oshirish borasida olib borilayotgan faoliyat yuzasidan suhbat o‘tkazildi.

Shuningdek, deputat mahalla faollari bilan muloqot qilib, hududdagi xotin-qizlarni qiynayotgan muammolar, ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan fikr almashdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/)

Slide 1 of 3