Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov tomonidan hududlarda ijtimoiy reestrdagi xonadonlar holati o‘rganildi.
Jumladan, Qirguli MFY hamda deputatlik o‘rni bo‘sh bo‘lgan Yo‘rmado‘z MFY hududlarida mahalla raislari bilan birgalikda ta’mirga muhtoj xonadonlar holati joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish jarayonida xonadonlarning bugungi holati, ularni ta’mirlash zarurati hamda fuqarolarning ehtiyojlari tahlil qilindi. Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishi ta’kidlandi.