Ayni vaqtda respublikamizda Navro‘zga tayyorgarlik ishlari jadallik bilan bormoqda. Shunga asosan, Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati B.Allaberganov xam xasharda ishtirok etib, mahallani obodonlashtirish ishlarida qatnashishmoqda.
Milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz, qadriyatlarimizda ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan hashar alohida ahamiyatga ega. Shu boisdan xalqimizda hashar – elga yarashar degan ezgu ibora bor.
Unga ko‘ra, mahallalar, aholi punktlari, ko‘p kvartirali turarjoylar, hovlilar atrofi, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar, ko‘cha va yo‘laklarni hamda bolalar maydonchalarini tartibga keltirish, daraxtlarni oqlash va butash ishlari tashkil etmoqdalar.
Umumxalq xayriya hashari davom etmoqda.