Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Korrupsiyaga qarshi kurashish va hallolik”
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHINING O‘N SAKKIZINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Deputatlik nazorat-taxlil tadbirlari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
«Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha muvaqqat komissiyasining navbatdagi majlisi o‘tkazildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Tuman hokimining deputat sifatida navbatdagi uchrashuvi “Bog‘i eram” mahallasida bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Guliston” mahallasida deputatlik faoliyati yuzasidan ochiq muloqot
янв.21
Umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar deputatlar e’tiborida
янв.21
Mahallada ijtimoiy masalalar va davlat dasturiga kiritilgan loyihalar ijrosi deputat tomonidan o‘rganildi
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati, Navoiy davlat universiteti rektori

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati, Navoiy davlat universiteti rektori

YOSHLARGA MUROJAATI.

Qadrli talabalar, aziz yoshlar!

Joriy yil 24-fevral kuni Shavkat Mirziyoyev tomonidan Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot mamlakatimiz hayotida muhim siyosiy va ma’naviy voqea sifatida tarixga kirdi. Unda yoshlar siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, ularning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, startap va innovasion loyihalarni moliyalashtirish, xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni chuqur o‘rganish, volontyorlik harakatini rivojlantirish kabi ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Bu tashabbuslar, avvalo, yurtimiz yoshlariga bo‘lgan yuksak ishonch ifodasidir. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, mamlakatimizdagi 22 milliondan ziyod yoshlar — ulkan iqtisodiy va intellektual kuchdir. Bu kuch — bilimli, tashabbuskor, zamonaviy fikrlaydigan va mas’uliyatli avloddir.

Aziz navoiyliklar!

Ilm va ma’rifat an’analari chuqur ildiz otgan Navoiy zamini azaldan buyuk allomalar, fidoyi insonlar va jasoratli yoshlar yurti bo‘lib kelgan. Bugun ana shu sharafli merosni davom ettirish, uni zamonaviy texnologiyalar va innovasion yondashuvlar bilan boyitish — bizning eng muhim vazifamizdir.

Muhtaram jamoa!

Navoiy davlat universiteti nafaqat ta’lim maskani, balki g‘oyalar tug‘iladigan, innovatsiyalar yaratiladigan va kelajak mutaxassislari shakllanadigan markaz bo‘lishi shart. Har bir fakultet va kafedra amaliy loyihalar, ilmiy izlanishlar va startap tashabbuslar bilan faol bo‘lishi zarur. Har bir diplom ishi — real muammoni hal etadigan loyihaga, har bir ilmiy tadqiqot — ishlab chiqarish bilan bog‘langan amaliy yechimga aylanishi lozim.

Aziz talabalar!

Sizlar — ertangi muhandislar, texnologlar, tadbirkorlar va innovatsiya yaratuvchilardirsiz. Davlatimiz tomonidan yaratilayotgan grantlar, imtiyozli kreditlar, startap dasturlari va xalqaro tajriba almashinuv imkoniyatlari — sizlar uchun. Eng muhimi, bu imkoniyatlardan samarali foydalanish, g‘oya bildirish, tashabbus ko‘rsatish va harakat qilishdir. Xatodan emas, harakatsizlikdan qo‘rqing.

Hurmatli professor-o‘qituvchilar!

Sizlar yoshlar qalbida ishonch uyg‘otuvchi, ularni g‘oyadan amaliy natijaga yetaklovchi ustozlarsiz. Zamonaviy bilim berish bilan bir qatorda, talabalarda tadbirkorlik tafakkuri, jamoada ishlash madaniyati va global fikrlash qobiliyatini shakllantirish — bugungi kun talabi. Universitet rahbariyati sifatida biz yoshlar startaplarini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikni kengaytirish, xorijiy til va raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha aniq va tizimli chora-tadbirlarni amalga oshiramiz.

Bizning ustuvor maqsadimiz — oddiy diplom sohibini emas, balki ish o‘rni yaratadigan, innovatsiya kiritadigan va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘sha oladigan mutaxassisni tayyorlashdir.

Ishonamanki, birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan Navoiylik yoshlar salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqaramiz, universitetimizni respublika va xalqaro miqyosda nufuzli ta’lim va innovatsiya markaziga aylantiramiz.

Ishonch bilan oldinga intilaylik!

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati,

Navoiy davlat universiteti rektori M.Kalonov

Slide 1 of 1