Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Tuman hokimining deputat sifatida navbatdagi uchrashuvi “Bog‘i eram” mahallasida bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Guliston” mahallasida deputatlik faoliyati yuzasidan ochiq muloqot
янв.21
Umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar deputatlar e’tiborida
янв.21
Mahallada ijtimoiy masalalar va davlat dasturiga kiritilgan loyihalar ijrosi deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallada aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilish holatini o‘rgandi
янв.21
Dasturlar ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlik nazorati va faoliyati
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari
янв.21
Deputat tomonidan mahalladagi yoshlar yetakchisi va ijtimoiy xodim faoliyati hamda amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi o‘rganildi hamda fuqarolar murojaatlari tinglandi
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati Y.Safarov tomonidan Zomin tumani “Jizzax suv taʼminoti” AJ Zomin tuman filialiga deputatlik so‘rovi chiqarildi.

So'rovda, Bog‘ishamol mahallasida o'tkazilgan sayyor qabulda mazkur mahallaning Bog‘i-eram ko‘chasida yashovchi fuqarolar tomonidan ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar ko‘tarilgan.

Ta’kidlanishicha, mahalla hududi umumiy hisobda ichimlik suvi tarmog‘iga ulangan bo‘lsa-da, Bog‘i-eram ko‘chasidagi xonadonlar hali ham markazlashgan ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlanmagan. Natijada ushbu hududlarda yashovchi aholi suv ta’minotida qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olib, mazkur muammoni bartaraf etish, mavjud suv tarmoqlarini kengaytirish hamda ichimlik suvi yetib bormagan ko‘chalarga qo‘shimcha quvurlar tortish orqali murojaatni ijobiy hal qilish choralarini ko'rish so‘ralgan.