Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tumanida mahallalar infratuzilmasi yaxshish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda
янв.21
Aholi muammolarini hal etishda tuman Kengashi deputatlarining “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligi natijali bo‘lmoqda
янв.21
RAMAZON – SAXOVAT OYIDIR
янв.21
Deputatlik faoliyati
янв.21
Tuman Kengashi deputati “Bodomzor” mahallasida saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi va aholi muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi
янв.21
Deputatlar mahalalarda
янв.21
Deputat maktabda ta’lim berish jarayonida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi faoliyati
янв.21
Deputat saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Tumandagi Bodomzor mahallasi infrastrukturasini yahshilash bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda
Kengash_faoliyati

Aholi muammolarini hal etishda tuman Kengashi deputatlarining “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligi natijali bo‘lmoqda

Hududlarni rivojlantirish borasida belgilangan vazifalar ijrosi samaradorligini yanada oshirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 15-yanvar kunidagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35–V-sonli qarori qabul qilindi. 

Ushbu qaror ijrosini ta’minlash uchun Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputatlarining saylov okrugidagi mahalla fuqarolar yig‘inlariga tuman Kengashi deputatlari tasdiqlangan RO‘YXAT bo‘yicha biriktirildi. Shunga asosan tuman Kengashi deputatlari hududlarda “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorlikda deputatlik faoliyatlarini amalga oshirmoqdalar.

Barcha islohotlar — inson qadri va xalq farovonligi yo‘lida

Shu maqsadda, Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati B.Rajabov o‘zining saylov okrugida navbatdagi o‘rganish ishlarini olib bordi. 

Bandixon tumanida aholi turmush sharoitini yaxshilash, infratuzilmani modernizatsiya qilish va energiya ta’minoti barqarorligini oshirish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.

Xususan, tumanning Birdamlik mahallasi Mardlik va Usmon Nosir ko‘chalarida tasdiqlangan dastur asosida tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur hududda:

 ⚡️70 dona yangi tayanch ustunlar o‘rnatildi;

 ⚡️hozirda 2,8 kilometr masofaga yopiq kabel tortish ishlari olib borilmoqda.

Ushbu chora-tadbirlar natijasida elektr ta’minotidagi uzilishlar kamayadi, kuchlanish barqarorlashadi hamda aholi uchun yanada qulay sharoit yaratiladi. Eng muhimi, zamonaviy yopiq kabel tizimi xavfsizlikni oshirib, energiya yo‘qotishlarini kamaytirishga xizmat qiladi.

Bugun amalga oshirilayotgan har bir bunyodkorlik va yangilanish ishlari — inson manfaatlari, xalqimizning farovon va osoyishta hayoti uchun xizmat qiladi. Hududlarda infratuzilmani yaxshilash orqali kelajak avlodlar uchun mustahkam poydevor yaratilmoqda.

Slide 1 of 6