Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dasturlar ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlik nazorati va faoliyati
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari
янв.21
Deputat tomonidan mahalladagi yoshlar yetakchisi va ijtimoiy xodim faoliyati hamda amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi o‘rganildi hamda fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Deputatlik nazorat-taxlil tadbirlari
янв.21
Tumandagi mahallalarda “mahalla yettiligi” faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda
янв.21
Tumanida mahallalar infratuzilmasi yaxshish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda
янв.21
Aholi muammolarini hal etishda tuman Kengashi deputatlarining “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligi natijali bo‘lmoqda
янв.21
RAMAZON – SAXOVAT OYIDIR
янв.21
Deputatlik faoliyati
Mahallada kiberjinoyatlarga qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Turon MFYida xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati D.Mardonova tomonidan fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda kiberjinoyat tushunchasi, turlari va jamiyatga yetkazayotgan salbiy oqibati haqida ma’lumot berildi.

Deputat internet firibgarligi, shaxsiy ma’lumotni o‘g‘irlash, bank kartalari orqali noqonuniy pul yechib olish, soxta havola va zararli dastur orqali sodir etilayotgan jinoyat haqida tushuntirish berdi. Ijtimoiy tarmoqda ehtiyotkorlikni kuchaytirish, begona shaxsga shaxsiy ma’lumotlarni bermaslik, bank karta rekvizitini oshkor qilmaslik zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, kiberjinoyat salbiy oqibatlari — moliyaviy zarar, shaxsiy ma’lumot tarqalishi, ruhiy bosim va ishonch yo‘qolishi kabi holatga misollar keltirildi.

Uchrashuv yakunida fuqarolar o‘zini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Bunday tadbirlar aholi huquqiy savodxonligini oshirish va kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirishda muhimdir.

Slide 1 of 5