🤝 Ijtimoiy himoya — deputat e’tiborida
Aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlanish sifati va manzilliligi davlatimiz
siyosatining ustuvor yo‘nalishidir. Shu maqsadda, 22-Guliston saylov okrugi
deputati R. Muxtorova mahallalardagi ijtimoiy xodimlar faoliyati va moddiy
yordam tayinlash jarayonlarini o‘rgandi.
O‘rganishning
asosiy yo‘nalishlari:
Ijtimoiy xizmat
sifati: Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan o‘zgalar parvarishiga muhtoj
yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar
holati;
"Ijtimoiy
reyestr" shaffofligi: Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va
moddiy yordam tayinlashda adolat mezonlariga amal qilinishi;
Manzillilik:
Yordam pullari haqiqatan ham muhtoj oilalarga yetib borayotgani va
to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi.