Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi muammolarini hal etishda tuman Kengashi deputatlarining “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligi natijali bo‘lmoqda
янв.21
RAMAZON – SAXOVAT OYIDIR
янв.21
Deputatlik faoliyati
янв.21
Tuman Kengashi deputati “Bodomzor” mahallasida saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi va aholi muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi
янв.21
Deputatlar mahalalarda
янв.21
Deputat maktabda ta’lim berish jarayonida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi faoliyati
янв.21
Deputat saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Tumandagi Bodomzor mahallasi infrastrukturasini yahshilash bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda
янв.21
Deputat saylovchilar muammolarini o‘rganish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
“Mahallalarni rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2026-yil “Mahallalarni rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilindi. Ushbu tashabbus davlat va jamiyat hayotida mahalla institutining o‘rni va ahamiyatini yanada mustahkamlash, fuqarolarning farovonligini oshirish hamda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan muhim qadamdir. 

Mahalla-jamiyat tayanchi; Mahalla azaldan jamiyatining tayanch bo‘g‘ini bo‘lib kelgan. U nafaqat hududiy birlik,
balki ijtimoiy, ma’naviy va tarbiyaviy maskan hamdir. Mamlakatimizda mahalla fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi sifatida qonuniy maqomga ega. 2026-yilga berilgan mazkur nom bejiz emas.Chunki bugungi globallashuv va jadal islohotlar
sharoitida jamiyat taraqqiyoti avvalo quyi bo‘g‘indan mahalladan boshlanadi. Mahalla qanchalik obod, tinch va ahil bo‘lsa, jamiyat ham shunchalik barqaror va rivojlangan bo‘ladi.
 

Shuni aytish kerakki, iqtisodiy barqarorlik barcha islohotlar bardavomligining eng muhim asosi hisoblanadi. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlarining izchil oshib borayotgani buning amaliy tasdig‘idir. 2026-yilda yalpi ichki mahsulotni 160 milliard dollarga yetkazish mamlakatimiz oldiga qo‘yilgan yuksak maqsadlarning ifodasidir. Zamonaviy
global tendensiyalarni inobatga olgan holda ishlab chiqarish jarayonlariga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, sanoatda chuqur qayta ishlashni kengaytirish, eksportbop mahsulotlar ulushini oshirish ustuvor vazifa sifatida belgilanmoqda.
 

Yangi O‘zbekiston sharoitida iqtisodiy barqarorlik keng ko‘lamli islohotlarning tayanch ustunidir. Innovatsion rivojlanish, raqamlashtirish, bandlikni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va ochiq muloqotga asoslangan boshqaruv modeli mamlakat taraqqiyotining mustahkam poydevorini yaratmoqda. Belgilangan marralar yuksak, vazifalar mas’uliyatli. Biroq xalq va davlatning bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishi, ochiqlik va hamjihatlik tamoyillariga tayanish orqali bu maqsadlarga albatta erishiladi. Iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy adolat uyg‘unlashgan jamiyatgina haqiqiy taraqqiyot sari dadil qadam tashlay oladi.

N.Oxunova
Zomin tuman Kengashi deputati