Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman Kengashi deputati “Bodomzor” mahallasida saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi va aholi muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi
янв.21
Deputatlar mahalalarda
янв.21
Deputat maktabda ta’lim berish jarayonida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi faoliyati
янв.21
Deputat saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Tumandagi Bodomzor mahallasi infrastrukturasini yahshilash bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda
янв.21
Deputat saylovchilar muammolarini o‘rganish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Deputat saylovchilari oldida axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi hamda “Madad” NNT o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
янв.21
Deputatlar hududlarda aholi muammolarini o‘rganishmoqda
AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN TIBBIY XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI.

 AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN TIBBIY XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI. 

Xalq deputatlari Toshloq tumani Kengashi deputati D.Joʼrayeva va O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshloq tumani Kengashi raisi O.Nazirxo‘jayevlar tomonidan Turvat Oilaviy shifokorlik punktida “Ekoreyd” tadbiri o‘tkazildi. 

 Mazkur tadbir davomida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar holati, sanitariya-gigiyena talablari, ekologik tozalik hamda tibbiy chiqindilar bilan ishlash jarayonlari atroflicha o‘rganildi. OSHP hududida dori-darmonlar saqlanishi va tibbiyot xodimlarining mehnat faoliyati ekologik
talablar asosida tahlil qilindi.
 

 Ekoreyd jarayonida sanitariya madaniyatini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ijobiy baholandi. Shu bilan birga, aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirildi.  

Slide 1 of 7