Deputatlar va “Mahalla yettiligi” hamkorligi
📱Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Allamuratova tomonidan “Obod yurt” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari amalga oshirilib, mahalla yettiligi tomonidan bajarilgan vazifalar, amaliy ishlar va aholi murojaatlari bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar atroflicha tahlil etildi.
📱Uchrashuv davomida aholi turmush tarzini yaxshilash maqsadida fuqoralarga imtiyozli kredit ajratish tartibi to'g'risida fuqarolarga tushunchalar berildi.
📱Shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar, huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi murojaatlari bilan ishlash holati ham atroflicha ko‘rib chiqildi.
📱Uchrashuvda mahalla faollari, yettilik a’zolari va aholi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish va yangi tashabbuslarni amalga joriy etish uchun muhim yo‘nalish bo‘ldi.
📱Shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar, huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi murojaatlari bilan ishlash holati ham atroflicha ko‘rib chiqildi.
📱Mahalla tizimida olib borilayotgan ishlar aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilishi alohida qayd etildi.
📱Uchrashuv davomida mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy holati, infratuzilmani rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, bandlikni ta’minlash kabi ustuvor yo‘nalishlar keskin muhokama qilinib, mavjud muammolarning manzilli yechimlari bo‘yicha aniq taklif va vazifalar belgilab olindi.
📱Uchrashuv yakunida muammo va takliflari tinglanib, tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovi bilan chiqish belgilandi.