Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#jarayon

#Deputat_axboroti

#Deputatlik_faoliyati

Deputat Alim Samatovich va mahalla yettiligi, imom xatib ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, unda yanvar oyida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil hisobot berildi hamda fevral oyi uchun rejalashtirilgan ishlar muhokama qilindi.

 Yig‘ilish davomida mahalla hududida migratsiyadan qaytgan fuqarolar, ishsiz yoshlar bilan ishlash, ularni bandlikka yo‘naltirish va kasb-hunarga o‘qitish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Bundan tashqari, mahallada maishiy chiqindilarni belgilangan jadval asosida olib chiqib ketish, ko‘p qavatli uylar pod’ezdlari va atrof-muhit tozaligini ta’minlash, sanitariya holatini yaxshilash masalalari yuzasidan doimiy nazorat o‘rnatish bo‘yicha kelishuvga erishildi. 

  Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash uchun mas’ullar biriktirildi va hamkorlikni kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Slide 1 of 4