Xalq manfaatlarini ta`minlash, hududlarni kompleks rivojlantirish va aholi turmush farovonligini yuksaltirishga qaratilgan islohotlar doirasida Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati Ergashvoy Qurbonov o`z saylov okrugida joylashgan “Yangisor” mahalla fuqarolar yig`ini aholisi bilan ochiq muloqot o`tkazdi. Uchrashuv davomida fuqarolarning taklif va murojaatlari atroflicha tinglanib, hudud infratuzilmasini yaxshilash, mahallada obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Xususan, “Gulobod” ko`chasining 600 metr qismini hamda qabristonga olib boruvchi ichki yo`llarni betonlashtirish bo`yicha aniq reja va amaliy chora-tadbirlar
belgilab olindi. Uchrashuvda mahalla fuqarolar yig`ini raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi hamda “Shahidi a`lo” masjidi imom-xatibi ishtirok etib, hududni obod qilish va aholi birdamligini mustahkamlash yo`lidagi ezgu tashabbuslarni qo`llab-quvvatlashini
bildirdilar.