Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat maktabda ta’lim berish jarayonida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi faoliyati
янв.21
Deputat saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Tumandagi Bodomzor mahallasi infrastrukturasini yahshilash bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda
янв.21
Deputat saylovchilar muammolarini o‘rganish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Deputat saylovchilari oldida axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi hamda “Madad” NNT o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
янв.21
Deputatlar hududlarda aholi muammolarini o‘rganishmoqda
янв.21
Deputat saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Deputat faoliyati
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi bilan “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining tumandagi vakili o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentyabrda 741-sonli “Aholiga huquqiy axborotni yetkazish va yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti tashkil etilgan. “Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti asosiy vazifalari:

 -fuqarolarga huquqiy masalalar boʻyicha shu jumladan, onlayn maslahatlar va tushuntirishlar berish yoʻli bilan birlamchi bepul yuridik yordam koʻrsatish;

-fuqarolarning huquqiy bilimlarini ijtimoiy-siyosiy oʻzgarishlar bilan uygʻun ravishda oshirib borish ishlariga koʻngillilarni safarbar etish;

-fuqarolar tomonidan huquqiy maslahat berishga oid soʻrovlarni tahlil qilib borish, tahlil natijasiga koʻra huquqni qoʻllash amaliyoti va amaldagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

-aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda innovatsion usullarni, xorijiy davlatlarning bu boradagi ijobiy tajribalarini tatbiq etishdan iborat. 

Kelgusida “Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti bilan fuqarolarning huquqiy muammolarini hal etishda bepul va sifatli yuridik yordam olishi hamda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda deputatlar va "Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkilotining tumandagi vakili bilan hamkorlikda mahallalarda, muassasalarda va tashkilotlarda huquqiy savodxonlik tadbirlarini tashkil etib borishga kelishib olindi.

Slide 1 of 2