Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat maktabda ta’lim berish jarayonida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi faoliyati
янв.21
Deputat saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Tumandagi Bodomzor mahallasi infrastrukturasini yahshilash bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda
янв.21
Deputat saylovchilar muammolarini o‘rganish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Deputat saylovchilari oldida axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi hamda “Madad” NNT o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
янв.21
Deputatlar hududlarda aholi muammolarini o‘rganishmoqda
янв.21
Deputat saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Deputat faoliyati
Qadaqsin MFYda fuqarolar murojaati asosida muammo joyida o`rganildi

 Qadaqsin mahalla fuqarolar yig`ini hududida joylashgan ko`p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan xonadon ichidagi suv quvurlaridan suv toshib ketayotganligi bo`yicha murojaat kelib tushdi. Ushbu murojaat aholining kundalik turmushi va yashash sharoitiga salbiy ta`sir ko`rsatayotganligi inobatga olinib, zudlik bilan o`rganish ishlari tashkil etildi. Mazkur murojaat yuzasidan tuman Kengashi deputatlari E.Qurbonov hamda Yo.Tadjibaevalar mahallada bo`lib, fuqarolarning xonadonlariga borgan holda mavjud holatni joyida o`rgandilar. O`rganish jarayonida quvur tizimlaridagi nosozliklar, ularning kelib chiqish sabablari hamda muammoni bartaraf etish bo`yicha tegishli tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, aholi bilan ochiq muloqot o`tkazilib, kommunal xizmatlardan foydalanish
qoidalari, uy ichidagi muhandislik tarmoqlarini asrash va o`z vaqtida ta`mirlash masalalari bo`yicha tavsiyalar berildi. Murojaatda ko`tarilgan muammoni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish bo`yicha takliflar ishlab chiqildi. Aholi murojaatlarini o`z vaqtida ko`rib chiqish va joyida hal etish fuqarolarning yashash sharoitini yaxshilashga, mahallalarda ijtimoiy barqarorlikni ta`minlashga xizmat qiladi.
  

Slide 1 of 4