Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman Kengashi deputati “Bodomzor” mahallasida saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi va aholi muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi
янв.21
Deputatlar mahalalarda
янв.21
Deputat maktabda ta’lim berish jarayonida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi faoliyati
янв.21
Deputat saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Tumandagi Bodomzor mahallasi infrastrukturasini yahshilash bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda
янв.21
Deputat saylovchilar muammolarini o‘rganish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Deputat saylovchilari oldida axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi hamda “Madad” NNT o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
янв.21
Deputatlar hududlarda aholi muammolarini o‘rganishmoqda
MUNOSABAT

Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash-mahalla darajasidagi mas’uliyat

Davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi mamlakatimizda kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalarida yangi bosqichni belgiladi. 2025-yil yakunlariga ko‘ra 366 ming oila kambag‘allikdan chiqarilib, ishsizlik darajasi 4,8 foizga, kambag‘allik darajasi esa 5,8 foizga tushdi. Shu bilan birga, iqtisodiy o‘sish 7,7 foizga yetib, yalpi ichki mahsulot hajmi 147 milliard dollardan oshdi, eksport va xorijiy investitsiyalar hajmi sezilarli darajada ortdi. Bu amalga oshirilayotgan siyosatning real natijasi bo‘lib, davlat va xalq o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi. 

Yig‘ilishda alohida urg‘u mahalla darajasidagi mas’uliyat va shaxsiy javobgarlikka qaratildi. Agar hududlarda ishsiz yoki kambag‘al oilalar saqlanib qolsa, demak, islohotlar o‘sha joyga yetib bormagan. Shu bois, “mahalla yettiligi” tizimi samaradorligini oshirish, hokimlar va mutasaddilarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish vazifasi belgilandi. Ayniqsa, “og‘ir” hududlarda kichik quyosh elektr stansiyalari qurish, tomorqa va ixtisoslashuvni rivojlantirish, oilaviy tadbirkorlikni imtiyozli kreditlar bilan qo‘llab-quvvatlash kabi tashabbuslar aholi daromadini oshirish va turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, har bir hududdagi
mahalla va oila real holati ro‘yxatga olinib, rejalashtirilayotgan loyihalar ana shu ma’lumotlarga tayangan holda amalga oshiriladi. 

Deputat sifatida biz belgilangan vazifalarning joylarda to‘liq va sifatli ijrosini nazorat qilish, ajratilayotgan mablag‘larning manzilli va samarali ishlatilishini ta’minlashni ustuvor vazifa deb bilamiz. Islohotlar markazida mahalla, mahalla markazida esa inson turibdi. Shu tamoyil bilan amalga oshirilayotgan ishlar nafaqat iqtisodiy o‘sishga, balki har bir oila hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Biz barcha deputatlar aholining manfaatlarini himoya qilish va mahallalarda amaliy natijalarni ko‘rish ustidan doimiy parlament nazoratini olib boramiz.

Umuman olganda, belgilangan vazifalar ijtimoiy davlat tamoyillariga to‘la mos bo‘lib, “davlat-inson uchun” g‘oyasini mahallada
hayotga tatbiq etishga qaratilgan. Endi asosiy masala-qarorlar qog‘ozda qolib ketmasdan, har bir xonadon hayotida real natija berishiga erishishdir. Bu esa barchamizdan yuqori mas’uliyat va hamjihatlikni talab qiladi.

M.G'oibnazarov
Zomin tuman Kengashi deputati