Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasi yuzasidan

 Yangibozor tumanidagi Oltinko‘l mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasi yuzasidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Otajanova ishtirok etdi.  

Tadbir davomida Oltinko‘l mahallasidagi ayollar bilan birgalikda Prezidentimiz Murojaatnomasida ilgari surilgan ustuvor yo‘nalishlar, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, ta’lim, madaniyat, ma’naviyat, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Tadbir ishtirokchilari Murojaatnomada bayon etilgan g‘oya va tashabbuslar xalqimiz hayotida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, ularni amaliyotga tatbiq etish borasida faol bo‘lish zarurligini qayd etdilar.  

Slide 1 of 2