Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLIK MAHALLASIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARINING IJRO HOLATI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“BIRINCHI QO‘NG‘IROQ”: YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI
янв.21
O`RQ-362-II-sonli qonun ijrosi o`rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-sonli Qonuni ijrosi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mash’al mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati hamda ehtiyojmand aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
“Yashnaobod” mahallasini kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi o‘rganildi
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_biriktirilgan_tashkilot #_Kengash_ish_rejasining_ijrosi Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi deputatlar nazoratida
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
#_biriktirilgan_tashkilot
#_Kengash_ish_rejasining_ijrosi
Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi deputatlar nazoratida


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi deputatlari tomonidan hududdagi tashkilot va muassasalar faoliyatini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularning yechimini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Shu doirada xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashiga "23-Aeroport" saylov okrugidan saylangan deputat N.Chorshanbiyeva tomonidan "Lutfkor" mahallasida joylashgan Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida tuman Kengashining 2026- yilga mo‘ljallangan ish rejasining 7-bandida belgilangan vazifalar, xususan, maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda rejalashtirilgan tadbirlar muhokama qilindi.
Shuningdek, bo‘lim boshlig‘i Sh.Boboev bilan suhbat davomida ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, pedagoglar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish hamda sohada belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Bunday o‘rganishlar hududda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimini ta’minlashda deputatlik nazoratining muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatmoqda.
Slide 1 of 1