Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLIK MAHALLASIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARINING IJRO HOLATI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“BIRINCHI QO‘NG‘IROQ”: YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI
янв.21
O`RQ-362-II-sonli qonun ijrosi o`rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-sonli Qonuni ijrosi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mash’al mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati hamda ehtiyojmand aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
“Yashnaobod” mahallasini kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi o‘rganildi
#_deputat_faoliyati #_162_ta_qonun #_24_ta_masala #_kotibiyat_xodimi_faoliyati #_Kengash_ish_rejasining_ijrosi #_Yoshlar_maslahat_guruhining_faoliyati Mahalla raisining faoliyati deputatlik nazorati asosida o‘rganildi
#_deputat_faoliyati
#_162_ta_qonun
#_24_ta_masala
#_kotibiyat_xodimi_faoliyati
#_Kengash_ish_rejasining_ijrosi
#_Yoshlar_maslahat_guruhining_faoliyati
Mahalla raisining faoliyati deputatlik nazorati asosida o‘rganildi


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining “20-So‘fiyon” saylov okrugidan saylangan deputati T.Mirzayev, Yoshlar maslahat guruhi rahbari D.Sattorov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Nasriddinov tomonidan “Shirin” mahallasida mahalla raisining faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahalla raisining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi, fuqarolar bilan ishlash, aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish hamda mahallada mavjud muammolarni aniqlash va bartaraf etish borasidagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–116-sonli Farmon hamda Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 22-iyundagi KQ–360-V-sonli qarorlarini maxsus savolnoma asosida o'rganildi. Xususan, mahalla raisining vakolatlari, fuqarolar yig‘ini faoliyatini tashkil etish, aholi bilan muloqot qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, hudud obodonligi va jamoatchilik nazoratini ta’minlash yo‘nalishlaridagi ishlar savolnoma asosida tahlil qilindi.
Shuningdek, mahallada fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarning hal etilishi, hujjatlarning yuritilishi hamda mahalla raisining tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikdagi faoliyati o‘rganib chiqildi.

O‘rganish davomida mahalla hududidagi ijtimoiy muammolar, aholining ehtiyojlari va ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berilib, mahalla raisi faoliyatini qonunchilik talablariga muvofiq tashkil etish, aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida va manzilli yechim topish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Deputat mahalla aholi bilan davlat o‘rtasidagi eng muhim bo‘g‘in ekanini ta’kidlab, mahalla faoliyatining qonuniyligi, ochiqligi va samaradorligini ta’minlash deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini qayd etdi.
Slide 1 of 3