Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLIK MAHALLASIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARINING IJRO HOLATI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“BIRINCHI QO‘NG‘IROQ”: YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI
янв.21
O`RQ-362-II-sonli qonun ijrosi o`rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-sonli Qonuni ijrosi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mash’al mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati hamda ehtiyojmand aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
“Yashnaobod” mahallasini kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi o‘rganildi
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar

📌Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Bahrom Xudoyarov yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan 156-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘quvchi yoshlar bilan suhbatlashdi.

❗️Suhbat davomida o‘quvchilarning yangi o‘quv yilidagi maqsad va rejalari, fanlarni o‘zlashtirishi, kitobxonlikka qiziqishi hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi haqida fikr almashildi.

✅Shuningdek, o‘quvchilarga maktabdagi ichki tartib-qoidalarga rioya qilish, ustozlarni hurmat qilish, bilim va ko‘nikmalarini muntazam oshirib borish, kelgusida munosib kasb tanlashga mas’uliyat bilan yondashish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Deputat sinf xonalaridagi sharoitlar bilan tanishib, o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ham fikr almashdi.

Slide 1 of 1