35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLIK MAHALLASIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARINING IJRO HOLATI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“BIRINCHI QO‘NG‘IROQ”: YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI
янв.21
O`RQ-362-II-sonli qonun ijrosi o`rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-sonli Qonuni ijrosi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mash’al mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati hamda ehtiyojmand aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
“Yashnaobod” mahallasini kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi o‘rganildi
Byudjet kodeksining 119-moddasiga asosan:

Davlat byudjetining qo‘shimcha manbalari Davlat byudjetining har bir darajasidagi byudjetlarida alohida-alohida shakllantiriladi va quyidagilardan tashkil topadi:

1. O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining, Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining har yil boshida aniqlanadigan erkin qoldiq mablag‘laridan;

2. O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari, Toshkent shahrining shahar byudjeti, tumanlar va shaharlar byudjetlari daromadlarining birinchi — uchinchi hisobot choraklari yakunlari bo‘yicha aniqlanadigan prognozdan oshirib bajarilishidan;

3. Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetiga, viloyatlarning viloyat byudjetlariga, Toshkent shahrining shahar byudjetiga, tumanlar va shaharlar byudjetlariga davlat aktivlarini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lardan;

4. O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan kamaytirilishi natijasida maqbullashtirilgan mablag‘lardan;
5. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan qo‘shimcha aniqlangan daromadlardan respublika byudjetiga undirilgan mablag‘lardan.

6. Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetiga, viloyatlarning viloyat byudjetlariga, Toshkent shahrining shahar byudjetiga, tumanlar va shaharlar byudjetlariga elektron savdo maydonchasida yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotishdan tushgan mablag‘lar;

7. ushbu Kodeksning 120-moddasi тўртинчи қисмига muvofiq byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar kamaytirilishi natijasida bo‘shab qolgan mablag‘lardan.
Byudjet kodeksining 143-moddasi 3-qismiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari, Toshkent shahrining shahar byudjeti, tumanlar va shaharlar byudjetlari daromadlari prognozining oshirib bajarilishi, elektron savdo maydonchasida yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni realizatsiya qilishdan ushbu byudjetlarga tushgan mablag‘lar hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar hisobidan xarajatlar (qo‘shimcha manbaning 3 turi bo‘yicha) tegishli byudjetlarga o‘zgartirishlar kiritilmasdan amalga oshiriladi