35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLIK MAHALLASIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARINING IJRO HOLATI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“BIRINCHI QO‘NG‘IROQ”: YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI
янв.21
O`RQ-362-II-sonli qonun ijrosi o`rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-sonli Qonuni ijrosi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mash’al mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati hamda ehtiyojmand aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
“Yashnaobod” mahallasini kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#deputat_okrugida #mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik
#deputat_foliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Bandixon" mahallasida jamoat xavfsizligi masalalari muhokama qilindi

Bandixon tumanida mahallalar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda "Mahalla yettiligi" tarkibidagi profilaktika inspektorlari faoliyati samaradorligini oshirish borasida deputatlik nazorati tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 1-Bandixon saylov okrugidan saylangan deputat X.Abdimo'minov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Bandixon" mahallasida bo‘lib, mahallaga biriktirilgan Profilaktika inspektorining faoliyati bilan tanishdilar.

O‘rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunidan kelib chiquvchi vazifalar ijrosi, jinoyatchilik holati tahlili, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish hamda aholi osoyishtaligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Yakunda soha mas’uliga mahalla faollari bilan birgalikda profilaktik chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1