35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLIK MAHALLASIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARINING IJRO HOLATI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“BIRINCHI QO‘NG‘IROQ”: YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI
янв.21
O`RQ-362-II-sonli qonun ijrosi o`rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-sonli Qonuni ijrosi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mash’al mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati hamda ehtiyojmand aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
“Yashnaobod” mahallasini kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi o‘rganildi
Aholi uchun zamonaviy sport maydonchasi tashkil etish taklif qilindi

 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari R. Axmadulin va D. Talipova tomonidan O‘rikzor MFY hududidagi “Xalqlar do‘stligi” sport majmuasida “Workout” sport maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif kiritildi.

Mazkur hududdan 6 ta MFY aholisi muntazam foydalanib, kuniga 350–500 nafar fuqaro sport bilan shug‘ullanmoqda.

Tashabbus doirasida mavjud bo‘sh yer maydonidan samarali foydalanib, aholiga, ayniqsa yoshlarga ochiq havoda sport bilan shug‘ullanish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratish ko‘zda tutilmoqda.

Loyihani amalga oshirish uchun 114 mln so‘m mablag‘ zarur bo‘lib, uni qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish masalasi taklif etildi.

Deputatlar tashabbusi — aholi manfaatlari yo‘lida.