Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLIK MAHALLASIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARINING IJRO HOLATI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“BIRINCHI QO‘NG‘IROQ”: YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI
янв.21
O`RQ-362-II-sonli qonun ijrosi o`rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-sonli Qonuni ijrosi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mash’al mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati hamda ehtiyojmand aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
“Yashnaobod” mahallasini kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi o‘rganildi
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan Shirin shahar suv ta’minoti bo‘limida sessiya oldi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-71-son Farmoni hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy kengashning 2025-yil 5-martdagi kengaytirilgan yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosi tahlil qilindi.

Suv ta’minoti tizimida korrupsiyaning oldini olish, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, xizmatlarni ochiq va shaffof ko‘rsatish hamda inson omilini kamaytirish maqsadida xizmatlarni raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplayens) faoliyati, xizmat tekshiruvlari, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish va korrupsiyaviy holatlar haqida xabar berish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

O‘rganish davomida joriy yilning o‘tgan davrida suv ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir etilmagani ma’lum qilindi.

Kelgusida korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirish, shaffoflikni yanada kuchaytirish va profilaktik ishlarni izchil davom ettirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 1