Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLIK MAHALLASIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARINING IJRO HOLATI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“BIRINCHI QO‘NG‘IROQ”: YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI
янв.21
O`RQ-362-II-sonli qonun ijrosi o`rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-sonli Qonuni ijrosi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mash’al mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati hamda ehtiyojmand aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
“Yashnaobod” mahallasini kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi o‘rganildi
DEPUTAT TOMONIDAN MAKTAB SPORT ZALI VA SPORT ANJOMLARI HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 16-“Bodomtepa” saylov okrugidan saylangan deputat Ashirmatova Xurshida Soliyevna tomonidan hududdagi ijtimoiy soha obyektlarining holatini o‘rganish va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish doirasida Parkent tumanidagi 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.Jamoatchilik nazorati davomida maktabdagi sport zalining umumiy holati, mavjud sport anjomlari va inventarlarining texnik holati, shuningdek, ulardan foydalanish samaradorligi ko‘zdan kechirildi.Jumladan, sport zalining yoritilishi, isitish tizimi, pol qoplamasi, xavfsizlik talablari hamda mavjud jihozlarning holatiga e’tibor qaratildi.O‘rganish jarayonida sport zalidan o‘quvchilar bilan bir qatorda mahalla aholisi va uyushmagan yoshlar ham foydalanayotgani,ommaviy sportni rivojlantirish hamda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlar tashkil etib kelinayotgani qayd etildi.Deputat tomonidan o‘rganish yakunlari asosida sport inshootidan samarali foydalanishni yanada yaxshilash, mavjud sharoitlarni
takomillashtirish va aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.Mazkur jamoatchilik nazorati tadbiri hududdagi ta’lim muassasalarida yaratilgan sharoitlarni o‘rganish, mavjud holatni tahlil
qilish va aniqlangan masalalarni deputatlik nazorati orqali hal etishga qaratildi.
  

Slide 1 of 6