Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLIK MAHALLASIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARINING IJRO HOLATI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“BIRINCHI QO‘NG‘IROQ”: YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI
янв.21
O`RQ-362-II-sonli qonun ijrosi o`rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-sonli Qonuni ijrosi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mash’al mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati hamda ehtiyojmand aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
“Yashnaobod” mahallasini kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi o‘rganildi
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Mavlonkulov tomonidan saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida bildirilgan murojaat asosida navbatdagi "deputatlik so‘rovi" yuborildi.

Uchrashuv davomida Qo‘qon shahar “Uzumzor” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi tomonidan Gullola ko‘chasi bilan bog‘liq muammo ko‘tarildi.

️Fuqarolarning murojaatida mazkur ko‘chada bolalar va o‘smirlarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun sport maydonchasi mavjud emasligi, hududda esa foydalanilmay turgan bo‘sh yer maydoni borligi bildirildi.

Aholi murojaatini inobatga olgan holda, deputat M.Mavlonkulov tomonidan Qo‘qon shahar hokimining qurilish, to‘siqsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida “Uzumzor” MFY, Gullola ko‘chasidagi bo‘sh yer maydonining huquqiy maqomini aniqlash, bolalar sport maydonchasini (Workout va kichik sport maydonchasi) tashkil etish imkoniyatini o‘rganish hamda uni qurish ishlarini istiqbolli manzilli dasturlarga kiritish bo‘yicha asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, deputatlik so‘roviga qonunchilikda belgilangan tartibda javob taqdim etiladi hamda murojaat yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar va natijalar haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2