Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLIK MAHALLASIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARINING IJRO HOLATI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“BIRINCHI QO‘NG‘IROQ”: YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI
янв.21
O`RQ-362-II-sonli qonun ijrosi o`rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-sonli Qonuni ijrosi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mash’al mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati hamda ehtiyojmand aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
“Yashnaobod” mahallasini kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#haftalik_ish_reja_ijrosi
#Kotibiyat_mudiri
#deputat_faoliyati
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: 2-sonli DMTTda ta’lim-tarbiya va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati tahlil qilindi

Bandixon tumanida maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish, bolalarga sifatli ta’lim-tarbiya berish hamda sohadagi qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev hamda tuman Kengashi deputati I.Xalmatov tumandagi 2-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldilar.

O‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni talablari doirasida o‘tkazildi.

Monitoring jarayonida ta’lim-tarbiya jarayonlarining metodik ta’minoti, bolalarning kunlik ozuqa ratsioni va taomlar sifati, sanitariya-gigiyena va xavfsizlik me’yorlari hamda muassasaning bo‘lajak kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Tashrif yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan bog‘cha rahbariyatiga tegishli amaliy va uslubiy ko‘rsatmalar berilib, ularning ijrosi tuman Kengashi nazoratiga olindi.

Slide 1 of 4