Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLIK MAHALLASIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARINING IJRO HOLATI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“BIRINCHI QO‘NG‘IROQ”: YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI
янв.21
O`RQ-362-II-sonli qonun ijrosi o`rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-sonli Qonuni ijrosi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mash’al mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati hamda ehtiyojmand aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
“Yashnaobod” mahallasini kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi o‘rganildi
#munosabat

Aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimi takomillashtiriladi

🔵Aholini suyultirilgan gaz bilan barqaror va sifatli ta’minlash — fuqarolarning kundalik turmush farovonligiga bevosita ta’sir qiladigan muhim masalalardan biridir.
🔵“Hududgaztaʼminot” taʼsischiligida “LPG-Trade” MChJni tashkil etish, suyultirilgan gazni birja orqali xarid qilish va uni belgilangan tartibda aholiga yetkazib berish bo‘yicha takliflar tizimda shaffoflik, samaradorlik va uzluksizlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
🔵Deputat sifatida ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlayman. Eng muhimi, islohotlar natijasida chekka hududlarda, xususan, mahallalarda yashovchi aholi suyultirilgan gazni o‘z vaqtida, belgilangan narx va tartib asosida olish imkoniga ega bo‘lishi kerak.
🔵Aholining murojaatlari va kundalik ehtiyojlarini inobatga olgan holda, yangi tizimning amaliy ijrosi ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini kuchaytirish muhim, deb hisoblayman.
🔵Bu islohotning asosiy mezoni — aholiga qulaylik, xizmat sifatining oshishi va ta’minotdagi barqarorlikdir.

Yusupov Baxromjon,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,