Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLIK MAHALLASIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARINING IJRO HOLATI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“BIRINCHI QO‘NG‘IROQ”: YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI
янв.21
O`RQ-362-II-sonli qonun ijrosi o`rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-sonli Qonuni ijrosi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mash’al mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati hamda ehtiyojmand aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
“Yashnaobod” mahallasini kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi o‘rganildi
Elektr ta’minotidagi muammo deputat e’tiborida

Fuqarolarning murojaat va takliflarini o‘rganish, aholini qiynayotgan muammolarni joyida aniqlash va ularning yechimini ta’minlash — xalq deputatlari Kengashi deputatlarining muhim vazifalaridan biridir.
⚡️Shu maqsadda Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov tomonidan Zarafshon MFY Xalqobod ko‘chasida istiqomat qiluvchi aholining elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammosi o‘rganildi.
⚡️O‘rganishlar davomida mazkur hududda elektr energiyasi ta’minotida yuzaga kelayotgan muammolar aholi uchun qator noqulayliklarni keltirib chiqarayotgani aniqlandi.
⚡️Mazkur masalani ijobiy hal etish, hududda elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida deputat I. Xolov tomonidan tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbari O. Usmonov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.
⚡️Deputatlik so‘rovida Xalqobod ko‘chasidagi elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish so‘raldi.
⚡️Mazkur masalaning ijobiy hal etilishi hudud aholisining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini yanada sifatli qondirish, ta’minot barqarorligini ta’minlash va fuqarolarning kundalik turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qiladi.
⚡️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari tomonidan aholi murojaatlariga e’tibor qaratish, mavjud muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3