Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLIK MAHALLASIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARINING IJRO HOLATI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“BIRINCHI QO‘NG‘IROQ”: YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI
янв.21
O`RQ-362-II-sonli qonun ijrosi o`rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-sonli Qonuni ijrosi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mash’al mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati hamda ehtiyojmand aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
“Yashnaobod” mahallasini kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi o‘rganildi
Prezident sovg‘alari — birinchi qadamdagi unutilmas quvonch

2 sentabr — Bilimlar kuni hamda yangi 2026–2027 o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan Jondor tumanidagi ta’lim muassasalarida bayramona tadbirlar o‘tkazildi.
➡️Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari I. Ro‘ziyev hamda M. Hojiyeva hamkorligida tumandagi 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, 1-sinfga qadam qo‘ygan o‘quvchilarni qutladilar.
➡️Tadbir davomida ilk bor maktab ostonasidan xatlab o‘tayotgan bolajonlarga Prezident sovg‘alari tantanali ravishda tarqatildi. Sovg‘alarning topshirilishi o‘quvchilarga katta quvonch bag‘ishlab, ularning yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyatda boshlashlariga xizmat qildi.
➡️Deputatlar o‘z so‘zlarida yosh avlodning sifatli ta’lim olishi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi uchun mamlakatimizda yaratilayotgan imkoniyatlarni ta’kidlab, birinchi sinf o‘quvchilariga o‘qishlarida muvaffaqiyat, mustahkam sog‘lik va ulkan yutuqlar tiladilar.
➡️Prezident sovg‘alari — yurtimizda bolalar ta’limi va kelajagiga yuksak e’tiborning yorqin ifodasi. Yangi o‘quv yili har bir o‘quvchi uchun yangi bilimlar, ezgu orzular va katta marralar sari qo‘yilgan muhim qadam bo‘lsin!

Slide 1 of 4