Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLIK MAHALLASIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARINING IJRO HOLATI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“BIRINCHI QO‘NG‘IROQ”: YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI
янв.21
O`RQ-362-II-sonli qonun ijrosi o`rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-sonli Qonuni ijrosi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mash’al mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati hamda ehtiyojmand aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
“Yashnaobod” mahallasini kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi o‘rganildi
Deputatlik nazorati - ichki yo‘llar holati joyida o‘rganilmoqda

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun #ekspert_guruhlari #Doimiy_komissiya_nazorati

Deputatlik nazorati - ichki yo‘llar holati joyida o‘rganilmoqda

📈 Aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilmani yaratish — hududlarni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shu bois Uchtepa tumanida ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari ustidan deputatlik nazorati kuchaytirilmoqda.

📁 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 1-apreldagi III-27-28-14-202-K/26-sonli qaroriga hamda tuman Kengashi deputatlari taqdim qilgan ro'yxatga asosan, tumandagi ichki yo‘llarda amalga oshirilgan ta’mirlash ishlarining natijalari joyiga chiqib o‘rganilmoqda.

📍 Navbatdagi o‘rganish Chamanzor mahallasidagi Mirxond 3-tor ko‘chasida olib borildi. Bu yerda amalga oshirilgan asfaltlash ishlari, yo‘l qoplamasining sifati va bugungi holati ko‘zdan kechirilib, aholining fikr va takliflari ham o‘rganildi.

🗂 Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi PQ-330-son qarori, 2026-yil uchun Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.

💼 O‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari Xudayberganov Avaz Abrarovich va Djalolov Sanjar Gayratovich, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Umidbek Abilov, Ekspert guruhi a’zolari hamda mahalla faollari ishtirok etdilar.

📊 Asosiy e’tibor — bajarilgan ishlarning sifatini baholash, mavjud muammolarni aniqlash va aholining kundalik hayotiga bevosita ta’sir qiluvchi masalalarni joyida hal etishga qaratilmoqda.

🧠 Deputatlik nazorati — hujjatdagi topshiriqning amaldagi natijasini ko‘rish, aholi fikrini eshitish va muammoni joyida o‘rganishdir. Uchtepa tumanida obod va zamonaviy yo‘l infratuzilmasini shakllantirish, mahallalar ravnaqi hamda aholi uchun munosib sharoit yaratish yo‘lidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 6