Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLIK MAHALLASIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARINING IJRO HOLATI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“BIRINCHI QO‘NG‘IROQ”: YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI
янв.21
O`RQ-362-II-sonli qonun ijrosi o`rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-sonli Qonuni ijrosi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mash’al mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati hamda ehtiyojmand aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
“Yashnaobod” mahallasini kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi o‘rganildi
Qonunning mazmun-mohiyati

O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi O‘RQ-931-son “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunining asosiy mazmuni — xodimning shaxsiy manfaatlari uning xizmat vazifalarini xolis va halol bajarishiga ta’sir ko‘rsatishining oldini olish, bunday holatlarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishdan iborat. Qonun korrupsiyaviy xavflarni oldindan aniqlash va preventiv choralarni kuchaytirishga qaratilgan. 

Manfaatlar to‘qnashuvi — xodimning shaxsiy manfaatdorligi uning xizmat vazifalarini bajarishiga ta’sir qilayotgan yoki ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan vaziyatdir. Bunday manfaat bevosita yoki bilvosita bo‘lishi mumkin.

Qonunning muhim jihatlari quyidagilardan iborat:
-manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va aniqlash;
-xodimning shaxsiy manfaatlari bilan xizmat vazifalari o‘rtasidagi ziddiyatni oshkor qilish;
-mavjud yoki ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi haqida belgilangan tartibda xabar berish;
-manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan holatda xodimning tegishli qaror qabul qilish jarayonidan chetlashtirilishini ta’minlash;
-tashkilotlarda manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va tartibga solish bo‘yicha ichki nazorat mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish.

Qonunning mohiyati shundan iboratki, xodim o‘zining shaxsiy yoki yaqinlarining manfaatlarini xizmat manfaatlaridan ustun qo‘ymasligi kerak. Masalan, xodim o‘z qarindoshiga tegishli tashkilot bilan shartnoma tuzish, tenderda qaror qabul qilish yoki boshqa xizmat masalasida manfaatdor bo‘lsa, bu holat yashirilmasligi va belgilangan tartibda tartibga solinishi lozim.

Xalq deutatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati
RAJABOVA XONIMJON