Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLIK MAHALLASIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARINING IJRO HOLATI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“BIRINCHI QO‘NG‘IROQ”: YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI
янв.21
O`RQ-362-II-sonli qonun ijrosi o`rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-sonli Qonuni ijrosi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mash’al mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati hamda ehtiyojmand aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
“Yashnaobod” mahallasini kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#24_ta_masala
#savolnoma_asosida
#okrugda_o‘rganish

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Obod yurt" mahallasida aholi muammolari xonadonbay o‘rganildi

Bandixon tumanida aholi turmush farovonligini oshirish, ijtimoiy soha ob’ektlari faoliyatini tahlil qilish hamda fuqarolar murojaatlarini ijobiy hal etish borasida deputatlik nazorati tadbirlari amalda olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 12-“Obod yurt” saylov okrugi deputati N.Allamuratova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov “Obod yurt” MFYda bo‘lib, xonadonbay o‘rganish ishlarini amalga oshirdi.

Tashrif davomida maxsus savolnomalar asosida aholining yashash sharoitlari, ijtimoiy muhofazaga muhtojlik darajasi va kommunal-infratuzilma holati o‘rganildi. Muloqotlar davomida fuqarolar tomonidan sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ko‘mak hamda mahalla drayverlariga oid ko‘tarilgan barcha murojaatlar deputatlik nazoratiga olinib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli idoralarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi.

Slide 1 of 2