35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLIK MAHALLASIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARINING IJRO HOLATI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“BIRINCHI QO‘NG‘IROQ”: YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI
янв.21
O`RQ-362-II-sonli qonun ijrosi o`rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-sonli Qonuni ijrosi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mash’al mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati hamda ehtiyojmand aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
“Yashnaobod” mahallasini kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi o‘rganildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Haftalik_ish_reja_ijrosi
19¹-modda
🏗 BUNYODKORLIK ISHLARINING BORISHI VA SIFATI O‘RGANILDI


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri
O. Tursunov tomonidan 5-Guliston–Galaguzar saylov okrugi deputati O. Umarovning saylov okrugiga qarashli “Guliston” mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi.

🏗 Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ-141-son qaroriga muvofiq, Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasining 2-bosqichi doirasida “Navro‘z” hududiy bo‘limini rekonstruksiya qilish bo‘yicha olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.

🔎 O‘rganish davomida qurilish ishlarining sifati, loyiha talablariga muvofiqligi, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda amalga oshirilayotgan ishlarning borishi atroflicha tahlil qilindi.

🤝 Shuningdek, mas’ullar bilan loyiha ijrosining holati yuzasidan fikr almashilib, aniqlangan masalalarni bartaraf etish, ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 5