Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLIK MAHALLASIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARINING IJRO HOLATI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“BIRINCHI QO‘NG‘IROQ”: YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI
янв.21
O`RQ-362-II-sonli qonun ijrosi o`rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-sonli Qonuni ijrosi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mash’al mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati hamda ehtiyojmand aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
“Yashnaobod” mahallasini kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi o‘rganildi
Yangi o‘quv yili — yangi marralar sari muhim qadam

Bugun yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablarida 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” — “Bilimlar kuni” tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda. Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 18-Yangi turmush saylov okrugi deputati Sevara Yuldashova tumandagi 23-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo’lib, bayram tadbirida ishtirok etdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yangi o‘quv yili munosabati bilan yo’llagan tabrigi o’qib eshittirildi. Maktabning 1-sinfga qadam qo’ygan o’quvchilariga esa “Prezident sovg’asi” tantanali ravishda topshirildi. Deputat o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalarni yangi o‘quv yili boshlanishi hamda yurtimiz Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi.
Yangi o‘quv yili barcha o‘quvchilar uchun ulkan zafarlar, yuqori natijalar va yangi bilimlar yili bo‘lsin.

Slide 1 of 2