35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLIK MAHALLASIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARINING IJRO HOLATI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“BIRINCHI QO‘NG‘IROQ”: YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI
янв.21
O`RQ-362-II-sonli qonun ijrosi o`rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-sonli Qonuni ijrosi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mash’al mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati hamda ehtiyojmand aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
“Yashnaobod” mahallasini kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi o‘rganildi
#Chinoz_tumani 📌 Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi




❇️ O‘rganish davomida bo‘lim tomonidan tumanda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini olish, aholi o‘rtasida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishini targ‘ib qilish, oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suvi xavfsizligi ustidan sanitariya nazoratini amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

📋 Shuningdek, hududlarda sanitariya holatini o‘rganish, kasalliklarning oldini olish va epidemiologik vaziyatni barqaror saqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar, aholi murojaatlari bilan ishlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari yuzasidan bo‘lim boshlig'i bilan fikr almashildi.

🔹 O‘rganish jarayonida aholining sanitariya madaniyatini oshirish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini kuchaytirish, profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish hamda epidemiologik barqarorlikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

♻️ O‘rganish yakunida bo‘lim faoliyatini yanada takomillashtirish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlarni kuchaytirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan sanitariya xizmatlari sifatini oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2